Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

Samarqandda direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, RShTTYoIM Samarqand filialining o‘rindoshlik asosida yangi texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.M. fuqaro X.ni tanishlari yordamida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uruqxonaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryoda mansabdorlar  1 mlrd. 525 mln. so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani fosh bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring