Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sher bolasi topib olingani haqidagi xabarga munosabat bildirildi (video)

Samarqandda sher bolasi topib olingani haqidagi xabarga munosabat bildirildi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 27 mart kuni hududdagi avtomobil yo‘lida sher bolasi topib olingani aytilgan xabarga rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, videoda ko‘rsatilgan sher bolasi, aytilayotganidek, topib olingani yo‘q, balki ushlab qolingan. Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilganda, unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.

Viloyat ekologiya boshqarmasi mutaxassislarining sher bolasining qayerdan, nima uchun olib ketilayotganligi haqidagi savollariga haydovchi aniq javob bermasdan hujjatlarni taqdim qilmagan. Sal o‘tmay esa «hujjatlarni olib kelaman» deb sher bolasini tashlab, o‘zi qochib ketgan.

Shundan so‘ng olib borilgan tezkor tadbirlar davomida haydovchi ushlangan. Ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda. Sher bolasi esa Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida vaqtincha o‘rnatilgan tartibda  saqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring