Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi cho‘milish havzasida behayo tadbir uyushtirildi

Samarqanddagi cho‘milish havzasida behayo tadbir uyushtirildi

Cho‘milish havzasi mas’ullariga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2023 yil 16 iyun kuni Samarqand tumani «Yangiariq» mahallasida joylashgan «Vavilon» cho‘milish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman «Kulba» mahallasida yashovchi fuqaro D.Nasimov ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidasini qo‘pol ravishda buzib, 2000 ga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy tadbir uyushtirgan.

Tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalang‘och holatdagi behayo o‘yinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidani tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Samarqand tuman sudiga yuborildi.

Tadbirda behayo o‘yinlar ko‘rsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilib, OITS va OIV ga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring