Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi tunggi klubda bir kishi vafot etgani bo‘yicha xabarlar izohlandi

Samarqanddagi tunggi klubda bir kishi vafot etgani bo‘yicha xabarlar izohlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB.

7-avgust kuni fuqaro E.B. o‘zining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan «Bassiane» nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi bo‘lgan vaqtida, klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Janjalda bir kishi vafot etganligi to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi Samarqand IIB matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring