San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i-2023-2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.O‘. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Kattaqo‘rg‘onda elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter