Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yondi

Sergelidagi avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yondi

Bugun, 11 iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6a-daxasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar hodimlari chiqqan, deyiladi poytaxt FVB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring