Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sevgi izhori uchun tarsaki yegan talaba videosiga munosabat bildirildi

Sevgi izhori uchun tarsaki yegan talaba videosiga munosabat bildirildi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda talaba yigit omma oldida sevgi izhor qilishi sabab tarsaki yegani va janjallashib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videodan ko‘rinadiki, tadbir vaqtida talabalardan biri sahnaga chiqib, tomoshabinlar orasida o‘tirgan qizga sevgi izhor qiladi.

Izhor vaqtida o‘qituvchilar yigit qo‘lidagi mikrofonni tortib olishga urinishadi. Ulardan biri yigitga tarsaki tushiradi va o‘rtalarida janjal boshlanadi. Guvohlar ularni ajratib, zaldan olib chiqib ketishadi.

Mazkur hodisa Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Universitet matbuot xizmati holatga izoh berarkan, bu tomosha uyushtirilgan «shou» ekanini qayd etadi.

«Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Amaliy filologiya fakulteti talabalari tomonidan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida sevgi izhor qilib, kaltak yegan talaba holati aks etgan videolavhalar bir nechta telegram kanallarida aylanmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu holat fakultet QVZ jamoasining «Xafa bo‘lish yo‘q» ko‘rsatuviga taqlidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishidan kesib olingan holatdir. Hech qanday noxush vaziyat yuz bermaganini ma’lum qilamiz», – deyiladi munosabatda.

Tarmoqda tadbirdagi holatning to‘liq aks etgan video ham chiqdi.

Unda yuqoridagi holat universitet «Quvnoqlar va zukkolar» jamoasi chiqishining doirasida kechgani ko‘rinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring