Shayxontoxurda bir-biriga tutash to‘rtta xonadon yonib ketdi

Bugun, 5aprel kuni Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, «Yangi Kamolon» MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonlarning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter