Sitsiliyada Etna vulqoni uyg‘ondi
Italiyaning Sitsiliya orolida Etna vulqoni uyg‘onib, lava otilishi boshlandi. Bu haqda «Volcano Discovery» xabar berdi.
Kataniya (Sitsiliya)dagi vulqon observatoriyasi xabar berishicha, vulqonning janubi-sharqiy cho‘qqisida portlash faolligi o‘tgan tunda qaytalangan.
Avaliga kam darajali kul otilishi kuzatilgan, biroq mahalliy soat 01:30 dan boshlab vulqon silkinishlari o‘rtacha darajagacha kuchaygan.
Mahalliy vaqt bilan soat 13:30 lar atrofida vulqon faolligi kuchaydi, soat 14:32 dan kraterning janubi-sharqiy qismi lava oqimi bilan to‘lishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter