Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi qo‘lga tushdi

Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti

Sirdaryo tumanida tadbirkorning qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi O‘.T. tadbirkor Sh.ning savdo do‘konidagi elektr energiyasidan 5 mln so‘m qarzdorligini tanishlari yordamida yo‘q qilib berish va yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berish evaziga 2,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring