Sirdaryoda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida yuk avtomobili ag‘darilib ketganligi bo‘yicha rasmiy xabar berildi.
2022 yil 12 fevral kuni soat 12:10 larda, Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan M.V. «Isuzu» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan. Yo‘l transport hodisasiga noqulay ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter