Sobiq iqtisodchi katta pora bilan qo‘lga olindi
![Sobiq iqtisodchi katta pora bilan qo‘lga olindi](http://static.xabar.uz/crop/2/2/720_460_95_2293063879.jpg)
Bosh prokuratura huzurida Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, tuman xalq ta’limi bo‘limi sobiq iqtisodchisi G.A. va boshqalar 2020-2021- yillarda bosh hisobchi lavozimida ishlagan B.M., M.N.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni qoplab berish evaziga 4 nafar fuqaroning jami 65 000 AQSh dollari va 240 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter