Kim Chen In mamlakat og‘ir ahvolda ekanini tan oldi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat hududlari iqtisodiyoti og‘ir ahvolda ekanini tan oldi.
«Mahalliy aholini asosiy ehtiyojlar – oziq-ovqat va iste’mol tovarlari bilan ta’minlay olmaslik jiddiy siyosiy muammoga aylandi, bunga partiyamiz va hukumatimiz hech qachon ko‘z yumolmaydi», deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Yonhap agentligi Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga asoslanib.
Kim Chen In mintaqa iqtisodlari «dahshatli ahvolda» ekanini ta’kidlab, ba’zi idoralar va iqtisodiy muassasalar hech qanday ish qilmay, quruq gap-so‘z bilan mashg‘ul ekani va zarur real imkoniyatlarni topa olmaganiga ishora qildi.
KXDR rahbari zamonaviy zavodlar qurish zarur bo‘lgan hududlarda iqtisodiy rivojlanish muhimligini ta’kidlab, davlat tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlanishini va’da qildi.
Kim Chen In Koreya xalq armiyasi askarlarini hududlarni sanoatni rivojlantirish muammolarini hal qilish uchun jalb etish haqidagi farmonni ham imzolagan.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya Birlashish vazirligi sharhida aytilishicha, Shimoliy Koreya oliy rahbariyati Pxenyan va mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanishdagi o‘sib borayotgan tafovutni qisqartirish uchun qat’iy choralar ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter