So‘kong‘ich IIB xodimi qo‘lga olindi

Oqqo‘rg‘onda sobiq IIB xodimi butun o‘zbekistonliklarni haqorat qilgani audiosi tarqalgandi.
Mazkur holat IIBB tomonidan o‘rganildi, ma’lum bo‘lishicha audio yozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro, 1992-yilda tug‘ilgan A.Sulaymonov, 2022-yilda Oqqo‘rg‘on tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan.
Yosh xodim ko‘p o‘tmay xizmat faoliyati davomida o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatganligi va noo‘rin xatti-harakatlari sababli ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
«Bir ayol bilan janjallashib qolgandim. U menga telefon qildi. U paytda mast edim. Jahl ustida nima deganimni o‘zim bilmadim. Butun Oqqo‘rg‘on aholisidan, butun o‘zbekistonliklardan bir umr kechirim so‘rayman. Bu ishimdan pushaymonman», deydi u.
Fuqaro A.Sulaymonovga nisbatan 02.10.2022-yil Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi sifatida JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter