Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta «Yulduz» ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Soxta «Yulduz» ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

Namangan viloyat IIB boshlig‘i nomiga 27 yoshli Xasanboy Q., ariza bilan murojaat qilgan. Unda o‘zini Namangan Davlat universiteti talabasi deb tanishtirgan «Yulduz» ismli shaxs bilan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashganini ma’lum qilgan. So‘ng unga o‘zini «Oydina» deb tanishtirgan shaxs «Yulduz» bilan o‘rtasidagi yozishmalarni internet tarmog‘iga chiqarib, oila-a’zolariga ma’lum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSh dollar berishni talab qilgan. 

Ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar ko‘chasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Xasanboy Q.,dan 1 000 AQSh dollarni olgan S.A.,  «Yulduz» ismli shaxsning yaqin dugonasi ekanligini, uning iltimosiga binoan ushbu pullarni olganligi ma’lum bo‘lgan. 21 yoshli Yulduzxon A., tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan 1 000 AQSh dollar pullarni S.A.,dan olgan vaqtida ushlanib, «Oydina» va «Yulduz» ham uning o‘zi ekanligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yulduz A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring