Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud qarshisida «Malibu-2» daraxtga osilib qoldi

Sud qarshisida «Malibu-2» daraxtga osilib qoldi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, 2023 yil 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Shota Rustaveli ko‘chasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan A.Sh boshqaruvidagi 01 M 888 JB davlat raqamli belgili Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilishi natijasida, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Malibu-2» rusumli avtomashina yo‘lovchisi 2006 yilda tug‘ilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring