Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyati hokimligi kaltaklangan direktor yuzasidan bayonot berdi

Surxondaryo viloyati hokimligi kaltaklangan direktor yuzasidan bayonot berdi

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati kaltaklangan maktab direktori yuzasidan bayonot e’lon qildi. 

«Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova bilan bog‘liq yuz bergan vaziyatdan chuqur afsusdamiz.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi tibbiyot muassasiga yetkazilib, tegishli muolajalar ko‘rsatilgan. Gumonlanuvchi tuman IIBga olib kelinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va nazoratga olingan», deyiladi unda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Umida Tursunovadan xabar olish uchun shifoxonaga yo‘lga chiqqan.

Avvalroq, hokim bilan majlisdan tortishgan direktor kaltaklab ketilgani xabar qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring