Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ayanchli YTH sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Surxondaryoda ayanchli YTH sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

2020-yil 13-oktyabr kuni soat 04:30 larda Surxondaryo viloyati Boysun tumani To‘da MFY hududidan o‘tuvchi 4R-105 avtomobil yo‘lining 19-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

«Lasetti» tezligini me’yoridan oshirgan holda o‘zidan oldinda ketayotgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Buning oqibatida qarshisidan kelayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada «Lasetti»ning 33 yoshli haydovchisi S.O. va «Kobalt»ning 30 yoshli yo‘lovchisi A.I. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, «Kobalt»ning 31 yoshli yo‘lovchisi N.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring