Surxondaryo: AYoQShdagi portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi
4-may kuni Sho‘rchi tumani «Ozod» mahallasida qurilishi tugallanmagan AYoQShda 52 yoshli A.Abdunazar payvandlash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.
U shoxobcha hovlisida joylashgan 20-25 tonnalik (25 m3 hajmdagi) benzin-dizel yoqilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan sisterna ustida ishlayotgan vaqti sisterna ichida yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqan.
Ushbu yong‘in oqibatida A.Abdunazar «butun tanasining 90-95 foiz termik kuyishi» tashxisi bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan MChJ rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter