Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkor faoliyatini noqonuniy tekshirgan mansabdor jazolandi

Tadbirkor faoliyatini noqonuniy tekshirgan mansabdor jazolandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi sho‘’basiga «GG UNIVERSAL» MChJ rahbari tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda soliq organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha qayta-qayta soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganligi ma’lum qilingan.

Murojaatni o‘rganishda, haqiqatdan soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektining ilgari tekshirilgan davri bo‘yicha qayta soliq tekshiruvi o‘tkazilib, asossiz ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvoxnomasining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganligi aniqlandi hamda qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan soliq organi mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mansabdor shaxsga MJtKning 2412-moddasiga asosan eng kam ish haqining 40 baravari (12 000 000 mln. so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek, tadbirkorning qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi tiklab berilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring