Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli sobiq deputat avtomobilni mast holatda boshqargani aniqlandi

Taniqli sobiq deputat avtomobilni mast holatda boshqargani aniqlandi

Tarmoqda fuqaro va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik videosi tarqaldi. 

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 26-yanvar kuni Yashnobod tumanidagi Mirzo-Ulug‘bek va Sultonali Mashxadiy ko‘chalari kesishmasida  «Captiva» rusumli avtomobili haydovchisiga to‘xtash haqida ishora bergan. Ammo haydovchi harakatni davom ettirgan. 

Avtomobil Mirzo-Ulug‘bek va Mahtumquli ko‘chalari kesishmasida to‘xtatilgan. Avtomobilni boshqarib borgan 36 yoshli Toshkent viloyatilik Qabul D. inspektorga transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim qila olmagan. 

Muloqot davomida yo‘l-patrul xizmati haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida ekanligidan shubhalanib, uni ekspertizaga borishni taklif qilgan. Haydovchi avval bosh tortib, keyin tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘ldi. Natijada u spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani aniqlangan. 

Qabul D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi birinchi qismi ( «Transport vositalarini mast holda boshqarish») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring