Taniqli sobiq deputat avtomobilni mast holatda boshqargani aniqlandi
Tarmoqda fuqaro va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik videosi tarqaldi.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 26-yanvar kuni Yashnobod tumanidagi Mirzo-Ulug‘bek va Sultonali Mashxadiy ko‘chalari kesishmasida «Captiva» rusumli avtomobili haydovchisiga to‘xtash haqida ishora bergan. Ammo haydovchi harakatni davom ettirgan.
Avtomobil Mirzo-Ulug‘bek va Mahtumquli ko‘chalari kesishmasida to‘xtatilgan. Avtomobilni boshqarib borgan 36 yoshli Toshkent viloyatilik Qabul D. inspektorga transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim qila olmagan.
Muloqot davomida yo‘l-patrul xizmati haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida ekanligidan shubhalanib, uni ekspertizaga borishni taklif qilgan. Haydovchi avval bosh tortib, keyin tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘ldi. Natijada u spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani aniqlangan.
Qabul D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi birinchi qismi ( «Transport vositalarini mast holda boshqarish») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter