Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terroristik tashkilotning 8 nafar a’zosi qo‘lga olindi — IIBB

Terroristik tashkilotning 8 nafar a’zosi qo‘lga olindi — IIBB

Toshkent viloyati IIBB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning Toshkent tumanida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida «Katibatul tavxid val Jihod» terroristik tashkilotning g‘oyaviy ta’siriga tushib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan 8 nafar a’zosi qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, ular 22-25 yoshlardagi shaxslar bo‘lib, o‘zaro kelishgan holda, kelgusida Suriya davlatiga chiqib «Katibatul tavxid val Jihod» terroristik tashkiloti jangarilari safiga qo‘shilishni reja qilganlar.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring