Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgan

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgan

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov 1 may kuni Sardoba suv omborida to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromovga suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi, deb aytilganini tasdiqlagan. Bu haqda «Gazeta.uz» yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, talafot sodir bo‘lgan birinchi lahzalarida Qozog‘iston tomonidan so‘rov kelganida, dastlabki baholashlarga asoslanib, suv omborida suv zudlik bilan yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi, deb javob berilgan.

«Bu dastlabki ma’lumot bo‘lgan, albatta. Har qanday ofat boshlanishida uning ko‘lamini aniqlash benihoyat qiyin narsa. Birinchidan, suv bosgandan keyin ushbu yerga borishning o‘ziga imkoniyatingiz bo‘lmaydi yoki atroflicha o‘rganish imkoniyati bo‘lmaydi yoki o‘sha sharoitda to‘la baholash imkoniyati bo‘lmaydi. Dastlabki baholashlarda hech kim kutmagan edi suv omboridan katta miqdorda suv chiqib ketishini. Shunga asoslanib [Қозоғистон томонига] haqiqatdan ham bu suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi, deb aytilgan. Lekin, afsuski, hech qanday texnogen avariyani oldindan bashorat qilish qiyin. Buning talafotini, buning ko‘lamini zudlik bilan ayta olish juda qiyin. Birinchi on, birinchi lahzalarida, ular [Қозоғистон] tomonidan so‘rov bo‘lganida, haqiqatdan ham shunaqa javob bo‘lgan. Barcha choralar ko‘rilyapti Sizlarga suv yetib bormasligi uchun yoki talafot yetkazmaslik uchun, degan xabarlar bo‘lgan», — deya Vohidjon Ahmadjonov «Gazeta.uz» muxbirining savoliga javob berdi.

Shuningdek, Sardobadagi toshqin suvlari Arnasoy ko‘liga yo‘naltirish chorasi o‘z samarasini bermadimi, degan savolga Vohidjon Ahmadjonov suv toshqini mavjud Janubiy Mirzacho‘l magistral zovuriga (kollektor) yo‘naltirilishida ushbu kanalning o‘tkazish qobiliyati yetmaganligini ta’kidlab o‘tgan.

«Bu atrofda suv chiqarib yuboradigan asosiy arteriya, bu — Janubiy Mirzacho‘l magistral zovuri (kollektor). Shu orqali suv chiqib ketadi. Umuman, relef shunaqa tuzilganki, eng pastlik joyiga o‘sha kollektor qurilgan. Barcha suv shu yo‘nalishdan chiqib ketadi. Lekin har bir kanalning o‘z o‘tkazish qobiliyati bo‘ladi. O‘sha kanal 120 metr kubli. Shu kuni [1 май куни] 300 kubagacha suv o‘tgan. Demak, o‘ziga nisbatan 2−3 baravar [кўп]», — dedi vazir o‘rinbosari.

Shu bilan birga, Vohidjon Ahmadjonov O‘zbekiston tomoni Qozog‘istonga minimal darajada zarar yetkazish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni ertalab Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida to‘g‘on o‘pirilishi natijasida O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan Qozog‘istonning Maktaaral tumanining 5 qishlog‘ida 845 ta uy hamda 7639 gektar paxta maydonlari suv ostida qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring