Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojmahal talofat ko‘rdi

Tojmahal talofat ko‘rdi

Foto:«Wikipedia.org»

Hindistonning ramzlaridan biri bo‘lgan Tojmahalning ikkita minorasi qulab tushdi. Bu haqda «The Times of India» sayti xabar bermoqda.

Agra shahridagi qadimiy obidaga kuchli shamol zarar yetkazgan. Mutasaddilar qulagan minoralardan biri Qirol darvozasi, ikkinchisi esa Janubiy darvoza tomonda ekanini aytishgan.

Tabiiy ofat boshqa minoralarga ziyon yetkazmagan.

XVII asrda bunyod etilgan Tojmahal dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri hisoblanadi. Bu obidaga har kuni 12 ming nafar ziyoratchi tashrif buyuradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring