To‘raqo‘rg‘onda «Spark» butunlay yonib ketdi
Bugun, 6 sentyabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Chustko‘prik MFY, «Tut» ko‘chasida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1961 yilda tug‘ilgan F.Q. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan va o‘t o‘chirish xizmatiga xabar bergan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf qilingan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter