Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 2,5 yil oldin yo‘qolgan bola qidirilmoqda

Toshkent viloyatida 2,5 yil oldin yo‘qolgan bola qidirilmoqda

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bedarak yo‘qolgan yigit qidirilmoqda. Uni topishda ko‘maklashganlar 10 million so‘m bilan mukofotlanadi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Faxriddin Nuriddinov 2005 yil 16 mayda tug‘ilgan. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Barraj» MFY Oxunboboyev ko‘chasi 58-uyda yashagan. U 2021 yil 26 aprel kuni o‘z uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ozg‘in gavdali, sochi qora, qoshi qalin, ko‘zi qora, qirra burun, labi va quloqlari o‘rtacha kattalikda, yuz ko‘rinishi dumaloq.

Egnidagi kiyimlari: bo‘ri tasvirli qora rangli jemper, ko‘k jinsi shim, oyog‘ida qora sport krossovkasi bo‘lgan.

Bedarak yo‘qolgan shaxsni topishda ko‘maklashgan fuqaro 10 million so‘m bilan mukofotlanadi. Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar 102 qisqa raqami orqali xabar berishi so‘ralgan. Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring