Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida kaltaklangan ayol vafot etdi

Toshkent viloyatida kaltaklangan ayol vafot etdi

Toshkent viloyatida kaltaklangan ayol vafot etdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi

Oqqo‘rg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan 37 yoshli erkak IIO tomonidan protsessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ayol tibbiy muolaja olayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Afsuski, 23 yoshli ayol ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etdi. 

Shuningdek, mazkur holat jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgani sababli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring