Toshkent viloyatida sud va tergovdan qochib yurgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida o‘tkazilayotgan «Qidiruv» tadbiri davomida qidiruvda bo‘lgan va sud-tergov ishidan qochib yurgan fuqarolar ushlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 4-qismida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik) jinoyatini sodir etgani uchun, 2015-yilning 24-avgust kunidan buyon (ehtiyot chorasi qamoq) qidiruvda yurgan J.N.A. ushlandi va unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi to‘xtatildi.
Shuningdek, Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 5-qismida ko‘rsatilgan (giyohvandlik) jinoyatini sodir etgani uchun 2015-yilning 19-dekabr kunidan buyon (ehtiyot chorasi tilxat) qidiruvda yurgan A.L. ushlandi va unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi to‘xtatildi.
Yuqorichirchiq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 2-qismida ko‘rsatilgan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyatini sodir etgani uchun 2017-yilning 4-dekabr kunidan buyon (ehtiyot chorasi qamoq) qidiruvda yurgan E.R.T. ushlandi va unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi to‘xtatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter