Toshkent viloyatida sifatsiz shinalar sotilayotgani aniqlandi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan savdo do‘konlarida sotilayotgan “Minnell radial” brendi ostida Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobil shinalari bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur mahsulot amaldagi standart talablariga mos emasligi aniqlandi.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, shinalar transport vositalariga o‘rnatilganda yon tomonlari va yon devorlarida deformatsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Aks holda:
• shinaning germetikligi buziladi,
• havo oqib chiqishi va bosim yo‘qolishi kuzatiladi,
• bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Sifatsiz shinalar nafaqat avtomobilingizga zarar yetkazadi, balki o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga ham tahdid soladi, deyiladi inspeksiya xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter