Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 11 yoshli qizni tok urishi natijasida vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, voqea joriy yilning 30 may kuni taxminan soat 18.00 da Mirobod tumanida Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konlardan birida sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, 2014-yilda tug‘ilgan N.A. do‘konning tom qismiga ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan. Qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan o‘tuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi («Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring