Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 20 va 22 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Toshkentda 20 va 22 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2002-yilda tug‘ilgan Yunusova Dilnoza Bahodir qizi 2022-yil 7-fevral kuni Sergeli tumani, Sergeli-7 massivida joylashgan uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, tana tuzilishi o‘rtacha, sochlari uzun, qora, ko‘zlari jigar.

Kiyimlari: qora kurtka, pushti rang, qora krossovka.

Shuningdek, 2000-yilda tug‘ilgan Nazarqulova Kamola Abdukarim qizi, 2021-yil 12-oktyabr kuni «Qo‘yliq» bozoridan chiqib, bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, tana tuzilishi ozg‘in, sochlari qora.

Kiyimlari: mavsumiy kiyim.

«Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring