Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 13 iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida uch mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashina, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Z. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina hamda 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi P.L. boshqaruvidagi bo‘lgan LADA rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring