Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayol kishining jasadi topildi

Toshkentda ayol kishining jasadi topildi

Illyustrativ surat

Foto: «Novosti Taganroga»

2018-yil 13-may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «O‘zbekgidroenergo-1» AJ hududidan oqib o‘tuvchi yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yida ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Belgilari: yoshi taxminan 25-30 yosh, bo‘yi — 167-169 sm. Alohida belgilari yo‘q. Tananing bo‘ynidan qora teri tasmali uchburchak shakldagi yorqin kulrang klon temir taqinchoq; qizil bantikli mato zakolka (rezina); qo‘lida binafsha rangli manikyur aniqlangan.

Ushbu belgilar tanish bo‘lganlardan «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki yaqin atrofdagi IIBga xabar berishlari so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring