Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayollarga nojo‘ya harakat qilgan taksichiga chora ko‘riladigan bo‘ldi

Toshkentda ayollarga nojo‘ya harakat qilgan taksichiga chora ko‘riladigan bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

«Nemolchi.uz» internet-manbasida uch nafar ayollarga shilqimlik qilgan taksi haydovchisiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora ko‘rilmayotgani haqida xabar e’lon qilindi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Matiz rusumli avtomobil (davlat raqami 10 Y 518 SA) haydovchisi – J.T. tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani to‘g‘risida Toshkent shahar IIBBga ariza kelib tushmagan.

Idora xodimlari yuqoridagi e’lon muallifi bilan bog‘lanib, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot olgandan so‘ng, ayollarga yozma ravishda ichki ishlar organlariga murojaat qilish zarurligi tushuntirilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 17 sentyabr kuni ikki nafar jabrlanuvchilar – E.M. va T.Y. Mirobod tumani IIO FMBga murojaat qilgan. Uchinchi qiz – M.S. ham yaqin orada ariza yozishga tayyorligini bildirdi.

Mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring