Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda harakatlanib ketayotgan «Orlando»da yong‘in chiqdi

Toshkentda harakatlanib ketayotgan «Orlando»da yong‘in chiqdi

Foto: Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi

Bugun, 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumani KXAY ko‘chasi 16-uy qarshisida «Orlando» rusumli avtomashina yonib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, 2004 yilda tug‘ilgan  M.O. boshqaruvidagi avtomashinaning harakatlanib ketayotgan vaqtda motor qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in favquloda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

«Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring