Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Videodan lavha

Bugun, 15 yanvar kuni soat 02:51 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:55 da yetib borib, yong‘in soat 03:04 da o‘rab olingan va soat 03:09 da o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kvadrat metr maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

«Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘lgani va 3 kishi jarohat olib, shifoxonaga joylashtirilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring