Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Lacetti» qarama-qarshi yo‘ldan «gazini bosdi»

Toshkentda «Lacetti» qarama-qarshi yo‘ldan «gazini bosdi»

Ijtimoiy tarmoqda «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi, 01T770HB bo‘lgan davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechgan holda qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Video Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi, 2002 yilda tug‘ilgan A.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125-moddasi beshinchi qismi hamda 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring