Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Tesla Model X avtomobili YTHga uchradi

Toshkentda Tesla Model X avtomobili YTHga uchradi

Bugun, 6-avgust kuni soat 08:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishgan chorrahada Tesla Model X hamda Cobalt avtomobillari to‘qnashib, YTH sodir bo‘lgan.

Poytaxt IIBB YHXB bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

YTH haydovchilar – 1990-yilda tug‘ilgan  N.N. boshqaruvidagi Cobalt va 1977-yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi  Tesla avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring