Toshkentdagi bozor sud qarori bilan vaqtincha yopildi

Uchtepa tumanida joylashgan "Stroy gorod" qurilish mollari bozori sud qarori bilan vaqtincha yopildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Uchtepa tumani Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan "Stroy gorod" qurilish bozori o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan uzilganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Aslida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan, “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MChJGA qarashli savdo binolari va xonalarida aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklarni va qonun buzilishlarini to‘liq bartaraf etilgunga qadar ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi 2025 yil 13 iyun kunidagi iqtisodiy ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarori chiqarilgan, deyiladi poytaxt FVB xabarida.
Unga ko‘ra joriy yilning 27 iyun kunidan savdo kompleksi (qurilish mahsulotlari bozori) Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan, aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklarini qonun buzilishlarini to‘liq bartaraf etilgunga qadar, ish faoliyati vaqtincha to‘xtatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter