Toshkentdagi «Ekobozor»da yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 28 oktabr kuni soat 06:58 da Toshkent shahar Shayhontohur tumani «Bo‘ston» MFY, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Ekobozor» majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Beshta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida savdo majmuasining 80 kv.m tashqi devor qoplamasi qismi va shu joydagi kafening 70 kv.m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Savdo majmuasining 7000 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter