Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida yong‘in yuz berdi

Foto: FVV

12-iyul kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasida joylashgan «O‘zbekiston» mehmonxonasining 10-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga yetib borib, yong‘in o‘chirildi.

Aytilgan manzilda binoning yong‘inga qarshi o‘rnatilgan xavfsizlik tizimlari o‘z vaqtida ishlagani sababli yong‘in o‘z vaqtida tezkorlik bilan bartaraf etilgan.

Aytilgan manzilda O‘zbekiston mehmonxonasining 10-qavatidagi ishchi xizmatchilar xonasi yonib zararlangani aniqlandi.

Aytilgan manzilda tan jarohati olganlar fuqarolar yo‘q, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring