Toshkentdagi reydlarda giyohvandlar ushlandi

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari avtoreydlar o‘tkazayotgan paytda yo‘lovchilar yonidan turli giyohvandlik moddalari topilmoqda.
Yo‘llardagi tekshiruvlar davomida:
- 7 yanvar kuni Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Lacetti yo‘lovchisi yonidan sellofanga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan;
- 7 yanvar kuni Sergeli tumanida Spark yo‘lovchisi yonidan sellofanga solingan, sariq rangli, kukunsimon modda topilgan;
- shu kuni Bektemir tumanida Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Lacetti yo‘lovchisi yonidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan;
- 8 yanvar kuni Cobalt yo‘lovchisi yonidan gugurt qutisiga solingan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar va aniqlangan moddalar tuman IIO FMBga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter