Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi yana bir daraxtkushlik ortidan: 35 tup daraxt yo‘q qilingan

Toshkentdagi yana bir daraxtkushlik ortidan: 35 tup daraxt yo‘q qilingan

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Kamolot mahallasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi mavjud 100 ta daraxtning 35 tasi  noqonuniy ravishda kesib tashlangan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Uning yozishicha, «Modern Techno» MChJ ga qarashli bo‘lgan hududda mavjud 100 ta daraxtning 35 tasi noqonuniy ravishda yo‘q qilingan. Dastlabki, hisob kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 192 mln so‘m.

Hujjatlar prokuraturaga taqdim etilib, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring