Toshkentdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida avariya yuz berdi
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida poytaxtning ikki tumanida chiroq o‘chdi.
Jumladan, Yunusobod tumanining: «Obod», «Bog‘i bo‘ston», «Firdavsiy», «Bodomzor», «Mirzo Ulug‘bek», «Posira», «TashGRES», «Yangi Tarnov», «Buyuk turon», «Bo‘zsuv», «Sayx Shivli», «Otchopar-1» va «Otchopar-2» MFYlari hamda «Toshkent Hayvonot bog‘i»;
Mirzo Ulug‘bek tumanining: «Darxon», «Salar bo‘yi», «H.Olimjon», «Mustaqillik», «Oqqo‘rg‘on» hamda «Qori Niyozov» MFYlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV bo‘lgan «Astronomicheskaya», «Ikarus», «Karamurskaya», «Savdo» hamda «Botanika» podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TashGRESdan chiquvchi kuchlanishi 110 kV bo‘lgan havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holat yuzaga kelib, elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.
Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi, deyiladi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter