Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tovlamachilik sabab qamalgan hokim yordamchisi yana qo‘lga olindi

Tovlamachilik sabab qamalgan hokim yordamchisi yana qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qilayotgan 27 yoshli M.A 25 mln so‘m kredit olish va tadbirkorlikni boshlash maqsadida B.T orqali shu mahallaning hokim yordamchisi Sh.Iga uchrashgan.

Sh.I esa M.Aga tavsiyanoma tekinga berilmasligini aytdi. Mazkur holat yuzasidan qilingan murojaat asosida tezkor tadbir tashkil etilib hokim yordamchisi M.Adan 100 AQSh dollari va 900 ming so‘m pullarni olayotgan paytda Navoiy viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi, deyiladi viloyat IIB ma’lumotida.

Hokim yordamchisi Sh.I va kredit oluvchilarni topib unga eltuvchi B.Tga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Eng achinarlisi esa, ayni kunda hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan Sh.I bir necha yil muqaddam tovlamachilik jinoyatini sodir etib jazo muddatini o‘tagan edi. Ammo, qilmishidan xulosa chiqarmagan Sh.I yana bir bor qonun oldida javob berishga mahkum bo‘ldi, deyiladi xabarda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring