Uch yil avval o‘g‘irlab ketilgan «Spark» topildi
Bugun, 22-may kuni soat 12:00 lar atrofida Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Sharq mahallasi, Zargarlik ko‘chasida davlat raqamisiz «SPARK» rusumli avtomashina uzoq muddatdan beri turganligi aniqlangan.
Avtomashinaning davlat raqami yo‘qligi va old o‘ng tomoni shikastlanganligi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi S.Kubayevda shubha uyg‘otdi. Ushbu qarovsiz avtomashina egasining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, Chilonzor tumani Yo‘l-patrul xizmatiga murojaat qilinganda, ichki ishlar axborot bazasidan kuzov raqami asosida «SPARK» avtomashinasi egasining shaxsi aniqlandi.
Mazkur avtomashina egasi Toshkent shahri, Olmazor tumanida tug‘ilgan 23 yoshli fuqaro Sobirov Mirvali Mirziyot o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘lgach, axborot bazasidagi mobil telefon raqami orqali u bilan bog‘lanildi va voqea joyiga chaqirildi.
Voqea joyiga yetib kelgan fuqaro M.Sobirov mazkur avtomobil haqiqatdan ham unga tegishli ekanligini tasdiqlab, 2018-yil 4-mart kuni soat taxminan 07:00lar atrofida Chilonzor tumanidagi Toshkent savdo markazi bozori yonida o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qildi.
«Avtomashina o‘g‘irlik sodir etgan jinoyatchining qo‘l izlarini olish va uni topishda foydalanish uchun espertizaga yuborildi. Albatta jinoyatchining qilmishlariga tez fursatda qonuniy chora ko‘riladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter