Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgut bozoriga boramiz deb chiqib ketgan ikki qiz Toshkentdan topildi

Urgut bozoriga boramiz deb chiqib ketgan ikki qiz Toshkentdan topildi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati Urgut tumani A’loxotin mahallasida yashovchi fuqaro Sh.S. 2001-yilda tug‘ilgan qizi «D» yashash uyidan dugonasi «Sh» bilan birga Urgut savdo kompleksiga boramiz deb chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligi, ularni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «D» va «Sh» Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan olib kelinib, ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan. 

Samarqand viloyati IIB ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmasliklarini so‘rab qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring