Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

O‘z iste’moli uchun «kannabis» yetishtirgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham topildi.

Buxoro viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, tomorqasida «kannabis» yetishtirgan fuqaroning yashash xonadonidan «marixuana» ham topilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2024» tadbiri davomida Buxoro shahrilik fuqaro S.H.ning ekin yeri ko‘zdan kechirilgan.  Unda markaziy poyasi va ildiziga ega, yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, bo‘yi 60 sm.dan 140 sm.gacha, poyasining diametri 1,5-2,5-sm.gacha bo‘lgan ta’qiqlangan 8 tup «kannabis»  o‘simligini yetishtirgani aniqlangan. Shundan so‘ng yashash xonadonining ichki uylarida ham qonun doirasida tekshiruv ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda sof vazni 2,41 grammga teng bo‘lgan quritilgan holdagi «marixuanna» giyohvandlik vositasini ham yashirin ravishda saqlab kelgani oshkor bo‘lgan.

S.H.ning xatti-harakati Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Aybdor barcha giyohvandlik vositalarini o‘z iste’moli uchun yetishtirib, saqlab kelayotganini bildirgan. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, S.H.ga nisbatan bir yilu olti oy ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring