Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzun tumanidagi YTHda 8 yoshli bola qurbon bo‘ldi

Uzun tumanidagi YTHda 8 yoshli bola qurbon bo‘ldi

Joriy yilning 3-may kuni soat 20:00larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani O‘zbekiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lining 9 km.da haydovchi 1983-y.t. D.G. «Lasetti» rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar 2012-y.t. R.Sh. va 2013-y.t. Sh.X.larni urib yuborib YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, piyoda 8 yoshli R.Sh. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoshli Sh.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring